«O`zekspomarkaz»da «Transport va logistika – TransUzbekistan – 2015» XI xalqaro ko`rgazmasi ish boshladi.
Ko`rgazma O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiyalar va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, «O`ztransgaz» aksiyadorlik kompaniyasi, O`zbekiston xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar uyushmasi, O`zbekiston xalqaro ekspeditorlar uyushmasi va «ITE Uzbekistan» xalqaro ko`rgazma kompaniyaci hamkorligida tashkil etildi.
Ko`rgazmada O`zbekiston, AQSh, Germaniya, Fransiya, Polsha, Koreya Respublikasi, Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Eron, Latviya, Litva, Rossiya, Belarus va boshqa davlatlardan ellikdan ziyod kompaniya ishtirok etmoqda.





