AsosiyJamiyat

Internetdan foydalanuvchilar soni o`n ikki milliondan oshdi

Hozir dunyo aholisining 40 foizdan ziyodi internetdan foydalanmoqda. Yurtimizda so`nggi o`n yilda global tarmoqdan foydalanuvchilar o`n barobarga oshgan. 2007 yilda foydalanuvchilar  bir millionni tashkil etgan bo`lsa, bugun bu ko`rsatkich o`n ikki milliondan ziyod.  

O`zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan yoshlarda internet madaniyati ko`nikmalarini shakllantirishning dolzarb vazifalariga bag`ishlangan seminar tashkillashtirildi.   

Tadbirda internet tez va arzon axborot olish, etkazish hamda qayta ishlashda beqiyos manba ekani, mazkur tizim dunyo hamjamiyatining axborotga bo`lgan ehtiyojini qondirayotgani, ko`proq yoshlar kiradigan saytlarni tubdan yangilash zarurligi ta`kidlandi.

Seminarda yoshlarning internet resurslaridan foydalanish holati tahlil qilinib, ularda axborot olish va uzatish madaniyatini shakllantirish,  ruhiy salomatligi va ma`naviy-axloqiy tarbiyasiga ta`sir ko`rsatadigan axborotdan qonuniy muhofaza qilish, xavfsiz internet muhitini shakllantirish bo`yicha tavsiyalar berildi.  

    Boshqa yangiliklar