2015 yil 10 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Germaniya Federativ Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Evropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo`yicha mas`ul vakili Andreas Peshke bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
A.Peshke mamlakatimizga yuqori lavozimga tayinlanganidan so`ng ilk bor tashrif buyurmoqda.
Muloqot davomida tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiya va boshqa sohalarda hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.
O`zbekiston va Germaniya parlamentlari, biznes doira vakillari, ilmiy muassasalar va o`quv maskanlari o`rtasida muloqotlarni kengaytirish bo`yicha takliflar ko`rib chiqildi.
Uchrashuvda O`zbekiston – Evropa Ittifoqi doirasida o`zaro hamkorlik masalalari, xalqaro va mintaqaviy muammolar ham muhokama qilindi.
Suhbat chog`ida Germaniya Elchisi Naithart Xyofer-Vissing ham ishtirok etdi.





