Nepalda parlament prezidentni sayladi: mamlakat tarixida ilk bor davlatni ayol boshqaradi.
Bidxia Bxandari parlament a`zolarining 327 ta ovozini yig`di, uning raqibi esa – 214 ovoz to`playoldi. Bxandari faol tarzda ayollarning huquqini himoya qilish bilan shug`ullanadi hamda Nepal Kompartiyasining ikkinchi shaxsi sanaladi, deb yozadi TASS.
Yangi Bosh vazir lavozimini Nepal Kommunistik partiya raisi Kxadga Prasad Oli egalladi.





