Xitoy Kompartiyasi Markaziy qo`mitasi bir oilada faqat bir farzand bo`lishiga ruxsat beruvchi tug`ilishni cheklash bo`yicha rasmiy siyosatdan voz kechishga qaror qildi. Endi Xitoydagi har bir oila ikki farzandli bo`lishga haqli.
Mamlakatda faqat milliy ozchilik vakillariga (er-xotin o`z ota-onalarining yagona farzandlari bo`lsa), shuningdek, qishloq joylarda istiqomat qiladigan va birinchi farzandi qiz bo`lgan ko`plab oilalarga bittadan ortiq bola orttirishga ruxsat berilardi.
Xitoydagi tug`ilishni cheklash siyosati oqibatida so`nggi yillarda mamlakatda mehnatga layoqatli aholi soni qisqardi. Hukumat bu yo`l bilan 5 yildan keyingi kambag`allikni engib chiqishini ma`lum qildi. 2013-2014 yilda mamlakatda mehnatga layoqatli bo`lgan aholi soni 3,7 mln. kishiga kamaydi.
Hozirda Xitoy aholisining soni 1,3 milliarddan ortiq. Mamlakatda 70-yillardan boshlab «bir oilaga — bir farzand» siyosati yuritib kelinadi. Amalda mazkur qoida so`nggi yillarda aholining uchdan biriga nisbatan qo`llanilayotgan edi.





