Yaponiyaning farmasevtik korporasiyasi mutaxassislari grippni 24 soat ichida davolashga qodir yangi dori vositasini ishlab chiqarishlari haqida ma`lum qildi.
Ushbu dori sinovlar omadli o`tgan taqdirda 2018 yilda dorixonalarning peshtaxtasida paydo bo`lishi ma`lum qilindi. Dori qanday ta`sir qiladi? Vaksina virus o`z ta`minoti uchun ishlatadigan fermentlarni o`ldirib, uni tarqalish imkonini bloklaydi. Yangi dori klinik sharoitlarda o`tkazilgan ilk sinovlardan muvaffaqiyatli o`tdi.
Ikkinchi bosqich noyabrda – gripp epidemiyasi avj olgan vaqtda boshlanadi. Endi sinovlar yuzlab kasallangan odamlar ustida o`tkaziladi, bu esa uning samaradorligini baholash imkonini beradi.





