2015 yil 6 noyabr kuni Anvar qori Tursunov poytaxtdagi “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Axborot xizmati xabar beradi.
Bu haqda shu yil 7 noyabr kuni “Minor” masjidi namozxonlariga e`lon qilindi. Endilikda Anvar qori Tursunov Toshkent shahar bosh imom-xatibi va “Minor” jome masjidi imom-xatibi vazifalarida o`z ish faoliyatlarini davom ettiradi.
“Minor” jome masjidining sobiq imom-xatibi Rahmatulloh Sayfuddinov salomatligini tiklab olishi uchun o`z ixtiyoriga asosan vazifasidan ozod etildi. Unga kelgusida boshqa vazifa berilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o`tamiz, «Minor» masjidi 2014 yilning 1 oktyabrida ochilgan.





