Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda Xalqaro investisiyaviy forum bo`lib o`tdi.
Forumda dunyoning 33 davlati firma va kompaniyalari, investisiya fondlari va banklar, Jahon banki, Xalqaro moliya korporasiyasi, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa etakchi xalqaro iqtisodiy hamda moliya institutlarining 560 vakili, olimlar, ekspertlar ishtirok etdi.
Forum doirasida umumiy qiymati 12,4 milliard dollarlik 100 dan ortiq bitim va memorandum imzolangani e`lon qilindi. Shuningdek, boshqa yangi investisiyaviy loyihalar bo`yicha muzokaralar davom etayotgani ham qayd etildi.





