AsosiyJamiyat

Elizaveta II O`zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlashdan Britaniya tomoni manfaatdor ekanligini ta`kidladi

2015 yilning 4 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Alisher Kurmanov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirollichasi Elizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Bukingem saroyida bo`lib, marosim doirasida qisqa suhbat bo`lib o`tdi. Elizaveta II O`zbekistonning boy tarixi va madaniyati, mamlakatimizning Buyuk ipak yo`li davrida hamda Markaziy Osiyoning hozirgi rivojlanishida tutgan o`rniga o`z hurmatini izhor etdi va o`zaro munosabatlarni tomonlarni qiziqtirgan barcha yo`nalishlarda yanada mustahkamlashdan Britaniya tomoni manfaatdor ekanligini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar