AsosiyJamiyat

Prezident Islom Karimov Oqsaroyda Koreya Respublikasi sanoat, savdo va tabiiy resurslar vazirining birinchi o`rinbosarini qabul qi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 5 noyabr kuni Oqsaroyda Koreya Respublikasi sanoat, savdo va tabiiy resurslar vazirining birinchi o`rinbosari Li Xvan Sopni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari Janubiy Koreya O`zbekistonning asosiy investision va texnologik hamkorlaridan ekanini ta`kidladi. Janubiy Koreya biznesining faol ishtirokida iqtisodiyotimizning turli sohalarida ko`plab strategik loyihalar amalga oshirilmoqda. Surg`il koni negizida yaqinda bunyod etilgan qiymati qariyb 4 milliard dollarga teng Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ushbu hamkorlikning yorqin namunasidir, deya xabar beradi O`zA.

Uchrashuvda Janubiy Koreyaning nufuzli delegasiyasi Toshkentda  o`tayotgan Xalqaro investisiyaviy forumda ishtirok etishi mamlakatlarimiz o`rtasida strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va oliy darajadagi muzokaralar chog`ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga xizmat qilishi ta`kidlandi.  

Suhbat chog`ida janubiy koreyalik investorlarning mamlakatimizdagi davlat korxonalari va aktivlarini xususiylashtirish jarayonida ishtiroki,  etakchi sanoat va infratuzilma tarmoqlarida yangi investisiya loyihalarini birgalikda amalga oshirish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi. Tomonlar Xalqaro investisiyaviy forum doirasida janubiy koreyalik hamkorlar bilan neft-gaz, kimyo, elektrotexnika, mashinasozlik va oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish va infratuzilmaviy tarmoqlardagi davlat aktivlarini sotib olish bo`yicha umumiy qiymati 220 million dollardan ziyod 24 bitim va memorandum imzolanishini yuksak baholadi.

Li Xvan Sop O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi va Koreya Respublikasi O`zbekiston bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy va investisiyaviy sohalardagi  aloqalarni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga ustuvor ahamiyat berishini ta`kidladi.

 

 

    Boshqa yangiliklar