Buxoro viloyati ko`ptarmoqli tibbiyot markazida mamlakatimiz va janubiy koreyalik shifokorlar bemor bolalarni tibbiy ko`rikdan o`tkazdi.
O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Janubiy Koreyaning “Hyundai Engineering” kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan tibbiy ko`rikdan ko`zlangan maqsad bolalar salomatligini mustahkamlash, kam ta`minlangan oilalardagi bemor bolalarni ijtimoiy va tibbiy jihatdan qo`llab-quvvatlashdir, deya xabar beradi O`zA.
Bu erga kelgan xorijlik terapevt, pediatr, akusher-ginekolog, neyroxirurg va okulistlar uch kun davomida bolalar va keksalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko`rikdan o`tkazdi. Murojaat qilganlarning bir qismiga aniq tashxislar asosida davolanish bo`yicha tavsiya bilan birga dori-darmon ham berildi.





