Kuni kecha dunyoni larzaga solgan aviahalokat hali hamon barchaning tilida.
«Rossiyskaya gazeta» nashrining bergan ma`lumotlariga ko`ra, A321 havo kemasining komandiri Valeriy Nemov 1967 yilda Toshkentda tug`ilgan.
Nemovning xolasi Tatyana Peterson jiyanini shunday hotirlaydi: “Valera, bolaligidan faqat osmon haqida o`ylardi, bolaligida uning xonasi samolyotning suratlari bilan to`la bo`lgan. U turmush o`rtog`i Irina bilan baxtli hayot kechirdi. Uning onasi Valentina Aleksandrovna hodisadan so`ng Volgograddagi kardiomarkazda davolanmoqda. U o`g`liga bir necha bor ushbu kasbdan ketishini ta`kidlagan".
Nemov uchuvchilik kasbiga Stavropolda ta`lim olib, Gorkiy viloyatida, Norilsk va Surgut shaharlarida yashagan. Bundan bir necha yil avval u Moskvaga ko`chib o`tgan.





