Instagramdagi mashhur_yulduzlar oilasi shaxsiy profilida aktrisa Gulchehra Eshoqulova va asl kasbi sartarosh bo`lgan Sharof Sharapovning birga tushgan rasmi barchaning e`tiborini tortdi.
Aktrisa xorijdagi oliy o`quv yurtlaridan birida doktorantura bosqichida tahsil olayotganini ma`lum qilgandi. Sharof esa Moskvada tushgan suratlarini muxlislar bilan bo`lishayotgandi. Hayotda jiddiy qadam tashlashda adashgani, endi ota-onasining chizgan chizig`idan chiqmasligi haqida qaror qabul qilgan Sharof balki yana fikridan qaytgandir?.. Nima bo`lganda ham ularga oilaviy baxt tilaymiz.





