AsosiyJamiyat

Indoneziya, Singapur hamda Malayziyaga otlanayotgan O`zbekiston fuqarolari diqqatiga

“O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi Indoneziya, Singapur hamda Malayziyaga otlanayotgan O`zbekiston fuqarolariga Indoneziyaning Sumatra va Kalimantan orollarida yuzaga kelgan o`rmon yong`inlari oqibatida yuzaga kelgan ekologik vaziyani inobatga olish zarurligini ma`lum qildi.

2015 yilning 27 oktyabr holatiga ko`ra ushbu hududda havoning zaharlanishi «PSI» («Pollutant Standards Index») shkalasi bo`yicha 150 dan 800 punktgachani tashkil qiladi. Aytish joizki ushbu shkalada inson salomatligiga zarar etkazishi mumkin bo`lgan daraja 100 ballni tashkil qiladi.

Mahalliy meteoxizmatlarning bashoratlariga ko`ra, kuchli tutash uzoq muddat davom etishi mumkin.

Shu sababli mamlakatimiz fuqarollarini ogohlantirmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar