O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong`in xavfsizligi oliy texnik maktabida “Yong`in xavfsizligini ta`minlashning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o`tkazildi.
Tadbirda hozirda yong`in xavfsizligi qismlari zamonaviy texnika va zarur anjomlar bilan ta`minlangani, shu yo`nalishda ilmiy izlanishlar izchil davom ettirilayotgani natijasida yong`inlar 2015 yilning to`qqiz oyi davomida o`tgan yilning shu davriga nisbatan yong`inlar 5,1 foizga kamaygani qayd etildi.





