AsosiyJamiyat

Avtomashinaning ishlab chiqarilgan yili muhimmi?

Majburiy texnik ko`rikdan o`tkazishda avtomashinaning ishlab chiqarilgan yili ahamiyatga egami?

Z.Xolto`raev, Qashqadaryo viloyati

X.Saydaliev, Ichki ishlar vazirligi YHX bosh boshqarma boshlig`i javob beradi:

— Avtotransport vositalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 yanvardagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida majburiy texnik ko`rikdan o`tkaziladi.

Ishlab chiqarilgan yilidan qat`iy nazar amaldagi davlat standartlariga javob beradigan transport vositalari texnik ko`rikdan o`tkaziladi. Transport vositalarining rusumi yoki ishlab chiqarilgan yili bo`yicha cheklovlar mavjud emas.

 

 

    Boshqa yangiliklar