AsosiySport

Artur Taymazov o`zini fanga bag`ishlamoqchi

Uchkarra olimpiya chempioni Sankt-Peterburgda bo`lib o`tgan VII xalqaro «Sport. Inson. Salomatlik» ilmiy kongressida endilikda o`zini fanga bag`ishlamoqchiligini ma`lum qildi. Bu haqda O`zR Milliy olimpiya qo`mitasisi press-attashesi Shavkat JALILOV xabar berdi.

U jiddiy operasiya sabab ancha vaqt mashq qila olmaganini, qolgan oylarda esa Olimpiadaga tayyorgarlik ko`rishga ulgurmasligini, sayyoh sifatida borishning esa ma`nisi yo`qligini aytib o`tdi. “Men sport faoliyatimni yakunlab, ilmiy ish boshlamoqchiman” dedi u.

Buning uchun esa sportchi Rossiyaning P.F.Lesgaft universitetining aspiranturasiga o`qishga kirdi. U erda esa Taymazov professor Boris Tarakanov boshchiligida yuqori darajadagi kurashchilarni individual tayyorlashga bag`ishlangan dissertasiya yozishni rejalashtirmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar