Shanbadan yakshanbaga o`tar kechasi Er atrofida Ural, Sibir va Rossiyaning markaziy hududlari aholisi g`aroyib parvozning guvohi bo`lishlari mumkin.
Er uchun xavfli bo`lgan asteroid bugun kechqurun Erga yaqinlashadi, ma`lumotlarga ko`ra, uni binokolda ham kuzatish mumkin. Bu haqda TASSga Rossiya olimlari ma`lum qilishdi.
So`nggi kunlardagi yana bir astronomik hodisa bu 22 oktyabr kuni Baykal ko`liga tushgan meteorit bo`ldi. Uni hajmi kichik bo`lgani sababli topishning iloji bo`lmadi. Meteorit massasi 1 kilo ham chiqmaydi, diametri esa 10 santimetr.





