AsosiyDunyo

Ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan “Qirol Genri VIII” laqabli ko`ppak internet yulduziga aylandi

Ortiqcha vazndan aziyat chekayotgan  “Qirol Genri VIII” laqabli ko`ppak suratini  Twitter ijtimoiy tarmog`i foydalanuvchisi  o`z sahifasiga joylashtirgach, u mashhur bo`lib ketdi.   Kuchukning egasi u bilan birga  American Airlines kompaniyasining birinchi klassida uchib ketayotgandi.  Yumshoq to`shamali aravachada o`tirgan  “Qirol Genri VIII”  ko`pchilik internet foydalanuvchilarining e`tiborini tortdi,  deb yozadi Metro  nashri.  14 mingdan ortiq Twitter foydalanuvchilari mazkur suratni sevimli rasmlar qatoriga qo`shgan. 

 Metro nashrining xabar berishicha,  kuchuk egasi o`zi va iti uchun ikkita chipta sotib olgan. Ammo, ko`ppak parvoz mobaynida  o`z egasi oyoqlari ustida yotib kelgan.  Parvoz mobaynida boshqa yo`lovchilar kuchukning qanday qilib bu darajada ortiqcha vazn to`plaganini muhokama qilishgan.

 Amerikalik zoologlarning fikriga ko`ra,  hozirgi kunda mamlakatdagi uy hayvonlarining  yarmidan ko`prog`i ortiqcha vazndan aziyat chekadi.  Ular buni insonlar uy hayvonlarini oziqlantirish va parvarish qilish  tartibini bilmasliklari bilan bog`lashadi.  Ko`pincha uy hayvonlarini boquvchi insonlarning o`zlarida ham erinchoqliklari oqibatida ortiqcha vazn  kuzatiladi.   

    Boshqa yangiliklar