2015 yilning yanvar-sentyabr pallasida Samarqand viloyatida odam savdosi bilan bog`liq jinoyatlar hajmi 41.4 foizga qisqardi. Bu haqda viloyat prokurorining o`rinbosari Dilmurod Qosimov huquqni muhofaza qiluvchi organlar viloyat koordinasion kengashining kengaytirilgan yig`ilishida aytib o`tdi, deb xabar berdi kun.uz nashri.
“Ko`rilayotgan davr ichida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning birgalikda amalga oshirgan sa`y-harakatlari tufayli jinoyatlarning umumiy miqdori kamayishiga erishildi.
Xususan, qasddan amalga oshirilgan qotilliklar hajmi 7.9, o`g`riliklar 2.4, talonchilik 6.3, giyohvandlik bilan bog`liq jinoyatlar 7, inson savdosi 41.4, uyushgan jinoyatchilik 2.7, voyaga etmaganlar sodir etgan jinoyatlar 7.8, ayollar sodir etgan jinoyatlar 9.3 foizga kamaydi”, - dedi u.





