Nigeriyaning shimoli-sharqida o`zini portlatgan terrorchi 11 kishini hayotdan olib ketdi.
Agence France-Presse xabariga ko`ra, halok bo`lganlar Dar qishlog`ida "Boko Haram" jangarilaridan qochib ketishga uringan tinch aholi vakillari edi.
17 oktyabr kuni Nigeriyadagi masjidlardan birining portlatilishi tufayli o`nlab kishilar halok bo`lgandi.
Ayni vaqtda Niger va Nigeriya chegarasida favqulodda vaziyat joriy qilingan.





