2015 yilning 20-22 oktyabr kunlari Toshkentdagi “O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazma majmuasida “Markaziy Osiyo sanoat haftaligi” bo`lib o`tadi, deb yozadi kun.uz sayti
2015 yilgi Central Asian Industrial Week haftaligi ettita ixtisoslashtirilgan ko`rgazmani o`zida mujassamlashtirgan bo`lib, ularning har biri sanoatning alohida sohasini aks ettiradi: “Tog`-kon ishi” (MiningWorld Uzbekistan), “Metallurgiya, Mashinasozlik va Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” (Machinery Central Asia), Sanoat qurilishi va maxsus texnika” (UzComak), “Qo`riqchilik, Xavfsizlik, Yong`inga qarshi himoya” (CAIPS), “Kimyo sanoati” (Chemie Uzbekistan), “Plastmassa industriyasi” (Plastex Uzbekistan), “Poligrafiya va qadoqlash” (O'ZBEKinPRINT-O'ZuPACK).
Mazkur birlashgan ko`rgazmalar ekspozisisida jahonning 21 ta mamlakatidan 110 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etishi kutilmoqda.
Ko`rgazmaning ishchi dasturidan, biznes uchrashuvlar, taqdimotlar, davra suhbatlari hamda eksponentlar va mutaxassislar o`rtasidagi muzokaralar ham o`rin olgan.





