AsosiyDunyo

Dublinga uchayotgan samolyot yo`lovchisi hamrohini tishlab oldi va vafot etdi

Aer Lingus aviakompaniyasining Lissabondan Dublinga uchayotgan samolyoti bortida yo`lovchilardan biri vafot etdi, deya xabar bermoqda The Irish Independent. Hodisa 18 oktyabr, yakshanba kuni sodir bo`ldi. Bu haqda daryo.uz sayti ma`lumot berdi.

Ikki soatlik parvoz o`rtasida 24 yoshli erkakni sarosima xuruji tutdi. U yonida o`tirgan yo`lovchiga tashlanib, uni tishlab oldi. Ekipaj a`zolari «to`polonchi» yo`lovchining qo`l-oyoqlarini qayirib bog`lab qo`ydi, kema kapitani esa shoshilinch ravishda qo`nish uchun ruxsat so`radi. Biroz vaqt o`tib, erkak o`zini yomon his qila boshladi va hushidan ketdi.

Layner Irlandiyaning Kork aeroportiga favqulodda qo`ndi, bu vaqtda yo`lovchi allaqachon o`lgan edi. Shifokorlar marhumning tishi tekkan yo`lovchini ko`rikdan o`tkazdi va uni kasalxonaga yotqizdi.

    Boshqa yangiliklar