AsosiySport

Boks bo`yicha Qatarda bo`lib o`tgan jahon chempionatida O`zbekiston terma jamoasi uchta kumush va uchta bronza medalini qo`lga kiritdi.

O`zbekistonlik sportchilar boks bo`yicha Dohada (Qatar) bo`lib o`tgan XVIII jahon chempionatida uchta kumush va uchta bronza medalini yutib oldi, deb xabar qiladi mamlakat Boks federasiyasi.

O`zA xabar berishicha, 14 oktyabr kuni finalda Murodjon Ahmadaliev (vazni 56 kg.gacha) irlandiyalik Mixael Konlanga 0:3, Fazliddin G`oibnazarov (64 kg.gacha) rossiyalik Vitaliy Dunayatsevga 1:2, Bektemir Meliqo`ziev (75 kg.gacha) esa kubalik Arlen Lopesga 0:3 hisobida yutqazdi. Ushbu uch bokschimiz kumush medal bilan birga Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada-2016 yo`llanmasini ham qo`lga kiritdi.

Oldinroq Elnur Abduraimov (60 kg.gacha), Elshod Rasulov (81 kg.gacha) va Bahodir Jalolov (91 kg.dan oshiq) bronza medallariga sazovor bo`lgan edi.

Chempionatda 69 ta mamlakatdan qit`a musobaqalaridagi saralash bosqichidan o`tgan 243 nafar bokschi ishtirok etdi. Unda 10 ta medallar to`plami va 23 ta olimpiada yo`llanmasi o`ynaldi.

 

    Boshqa yangiliklar