AsosiyJamiyat

Mobil aloqa operatorlariga aloqani yaxshilash vazifasi topshirildi

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikasiya texnologiyalari sohasida nazorat bo`yicha davlat inspeksiyasi O`zbekistondagi ayrim mobil aloqa operatorlari ishida kamchiliklar aniqlangani haqida xabar tarqatdi. Bu  haqda kun.uz sayti ma`lum qildi.   

Gap «mobil aloqa xizmatlari sifat ko`rsatkichlarining belgilangan me`yorlarga muvofiq emasligi, abonentlarga mobil aloqa xizmatlaridan tunu kun foydalanish imkoniyati yaratilmagani, aholi kam istiqomat qiladigan hududlar bunday aloqa bilan to`liq qamrab olinmagani, bu esa o`z navbatida ushbu hududlarda istiqomat qiladigan aholi murojaatlari soni ko`payishiga olib kelayotgani» haqida ketmoqda.

Zikr etilgan kamchiliklar Elektromagnit moslashuv markazi DUK bilan hamkorlikda o`tkazilgan radiomonitoring hamda operatorlar taqdim etadigan tarmoq sifat ko`rsatkichlari to`g`risidagi oylik hisobotlar va tayanch stansiyalar to`xtalishlari bo`yicha ma`lumotlar, shuningdek, kelib tushgan murojaatlar tahlili natijalariga asosida aniqlangan.

Inspeksiya, yuqoridagi qamchiliklarga yo`l qo`ygan Coscom (Ucell savdo belgisi), Unitel (Beeline), RWC (Perfectum) va «Uzbektelekom» (Uzmobile) mobil aloqa operatorlariga aloqa xizmatini amaldagi qonun va me`yoriy hujjatlar talablariga muvofiq ko`rsatishni ta`minlash yuzasidan ko`rsatmalar berdi.

    Boshqa yangiliklar