Toshkentdagi Botanika bog`ida "Qushlar uchun makon" aksiyasi doirasida qushlarning ayrim turlari, ya`ni mayda boyqushi va chittak hamda qumri qushlari uchun 60ta sun`iy inlar o`rnatildi. Bu haqda kun.uz xabar bermoqda.
Mazkur aksiyaning asosiy maqsadi jamoatni insonlar bilan birga yaqin oraliqda yashovchi yovvoyi qushlar bilan tanishtirish, amaliyotda ularni asrab qolishga yo`naltirilgan harakatlarni namoyish etishdan iborat, deb yozadi UzReport nashri.
Aksiya davomida turli madaniy-ma`rifiy tanlov va viktorinalar o`tkazildi, O`zbekiston qushlarni himoya qilish jamiyati hodimlari insonlar yonida yashovchi qushlar haqida so`zlab berishdi. Aksiyaning eng faol ishtirokchilariga mazkur jamiyat tomonidan mukofotlar topshirildi.
O`zbekiston qushlarni himoya qilish jamiyati ijrochi direktori Roman Kashkarovning ta`kidlashicha, poytaxtimizda bu kabi keng ko`lamli aksiyalar hali o`tkazilmagan edi. Ushbu tadbirdan ko`zlangan asosiy maqsadlardan yana biri, qushlar uchun o`rnatilgan inlarga nisbatan, bu inlarning bo`lajak egalari qanday munosabat bildirishini kuzatishdan iboratdir.
Qo`shimcha qilish joizki, sun`iy qush inlarini o`rnatish uchun kuz oyining o`rtalari tanlangani bejizga emas. Bahorgacha chittak va boyqushlar daraxtlar rangiga moslashib olib, daraxt landshaftining bir bo`lagiga aylanishga ulguradi.





