AsosiyJamiyat

O`zbekistonda traktorlarga dalaning o`zida gaz quyiladi

O`zbekistonda qishloq xo`jalik texnikalarida siqilgan tabiiy gazdan foydalanishga o`tish bo`yicha sinov dasturi amalga oshirilmoqda, deya xabar beradi kun.uz sayti.

 Ma`lumotlarga ko`ra, o`zbek tomoni Janubiy Koreyaning KNM-Tech kompaniyasi bilan traktorlarda solyarka o`rniga siqilgan tabiiy gazdan foydalanish bo`yicha shartnoma imzoladi.

“Ayni paytgacha "Dalvarzin ta`mirlash" zavodida sinov loyihasi doirasida Toshkent traktor zavodida ishlab chiqarilgan 20ta traktorni qayta jihozlash ishlari amalga oshirildi. Ular zaruriy sertifikatlashdan o`tkazilib, poytaxt viloyati dalalaridan sinovdan o`tkazildi”, - deydi axborot manbasi.

Sinovlar mazkur texnikalarning samaradorligini ko`rsatdi. 8 soat ichida bitta traktor solyarka bilan harakatlanadigan namunasiga qaraganda 150 ming so`m iqtisod qilishga erishdi. Bu esa qayta jihozlash harajatlarining qoplanishi uchun 150 kun kifoya qilishini anglatadi.

Axborot manbasining so`zlariga ko`ra, bunda bir muhim muammo – texnikaga dalaning o`zida qanday qilib gaz quyish masalasini hal etish lozim.

Mazkur masalaning echimini koreys mutaxassislari taklif qilishdi. Ular texnikaga dalaning o`zida gaz quyishga mo`ljallangan ilk mobil gaz quyish stansiyasini keltirishdi.

Zavodning yaqin vaqtdagi rejasidan T135 New Holland va Orion traktorlarini qayta jihozlash hamda mobil gaz quyish stansiyalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasi o`rin olgan.

    Boshqa yangiliklar