AQShning The Washington Post nashri o`zining raqqoslik qobiliyatlarini ko`rsatishdan uyalmaydigan davlat rahbarlari reytingini tuzib chiqdi. Unga ko`ra Barak Obama eng yaxshi raqs tushadigan prezident deb tan olindi. Bu haqda kun.uz xabar bermoqda.
AQSh nashrning fikricha, o`z raqqoslik qobiliyatlarini omma oldida ko`rsatishga jazm qila oladigan davlat rahbarlari oldida AQSh prezidenti anchagina dadil ko`rinadi. Nashr turli prezidentlar va bosh vazirlar o`zlarining raqqosliklarini ko`rsataman deb uyalib qolgan bir qator misollarni keltirib o`tdi. Joriy yilda Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Yamaykada reggi musiqa uslubida ijro qiladigan mahalliy guruhning konsertida o`zini ushlay olmay, o`zi uchun omadsiz ravishda raqsga tushgan. JAR prezidenti Jeykob Zuma esa Pretoriyada Zimbabve birinchi xonimi Greys Mugabe bilan raqs tushgan. 2012 yilda Londondagi Olimpiya o`yinlari yopilishida Devid Kemeron Spice Girls guruhining chiqishi paytida “raqsga o`xshagan bir narsani” tasvirlashga harakat qilgan.
Obama o`zining raqqoslik qobiliyatlarini yaqindagi Keniyaga uyushtirgan tashrifi paytida ham namoyish qildi: Obama mahalliy guruhlardan biri bilan birga Keniyaning an`anaviy raqsini ijro etgan.





