AsosiySport

O`zbekistonlik yosh suzuvchilar Bangkokdagi JChdan g`alaba bilan qaytishdi

1 oktyabrdan 7 oktyabr kunigacha Tailand poytaxti Bangkok shahrida suv sporti turlari bo`yicha turli yosh toiflarida ettinchi marta Osiyo chempionati o`tkazildi. Unda 12 mamlakat vakillari qatorida O`zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Suzish bo`yicha yoshlar terma jamoasi ushbu turnirda jami 7ta medalga egalik qilgan.

"Xalq so`zi" gazetasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston xalq ta`limi vazirligi qoshidagi suv sporti turlari bo`yicha respublika olimpiya zaxiralari maktabi o`quvchisi Olga Morozova hamda Oliy sport ustalari respublika maktabi vakillari bo`lmish Botir Hasanov, Pavel Azyamov, Doston Botirov, Davron Botirov, Mirzohid Mirkarimov turli yo`nalishlarda medallar olishgan.

    Boshqa yangiliklar