O`zbekiston avtomobilsozlari Moskvada Uz-Daewoo markasining davomchisi bo`ladigan yangi Ravon brendi taqdimotini o`tkazdilar. Ravon brendining shiori quyidagicha: "Vaqt bilan sinalgan, yangidan yaratilgan".
"Ravon so`zi o`zbekchadan "engil, toza yo`l" ma`nosini bildiradi. Oxirgi ikki yil ichida bizning kompaniya Daewoo markasi xaridorlarining didlari va ehtiyojlarini o`rganib chiqdi va ular xatarli tajribalardan ko`ra avtomobillarda hamyonbop narxlarga vaqt bilan sinalgan sifatlarni ko`rishni istashlarini aniqladi", deb aytdi "O`zavtosanoat" AJ boshqaruvi raisi Toxirjon Jalilov.
Joriy yilda yangi brend faqatgina yangi belgilarga ega Matiz va Gentra avtomobillarini sotadi. Xususan, Ravon Matiz ABS, xavfsizlik yostiqlari, immobilayzer, yangi bamperlar, optika va radiator panjarasi bilan ta`minlanadi. Ravon Gentra esa restayling qilindi. Avtomobillarning narxlari yangi brendning saytida ko`rsatilgan.
2016 yilda o`zbek avtomobilsozlari o`z modellar qatorini Ravon R2 (Chevrolet Spark 2010 muqobili), Ravon Nexia R3 keyingi avlod sedani (Chevrolet Aveo 2008 muqobili) hamda batamom yangi Ravon R4 (Chevrolet Cobalt) hisobiga kengaytirishni rejalashtirmoqda. Keyinroq modellar qatori bir nechta S-sinfidagi mashinalar va ixcham krossover hisobiga to`ldiriladi.





