AsosiyDunyo

Eng uzun tirbandliklarga ega shaharlar reytingi tuzildi

Waze navigasiya xizmati tomonidan tuzilgan reytingga ko`ra, dunyodagi eng uzun avtomobil tirbandliklaridan Kolumbiyaning Vilyavisensi shahri aholisi aziyat chekmoqda, deya yozdi Tech Insider.

Waze xizmatining yo`llar tirbandligi reytingidan London, Jakarta, Milan va Quddus shaharlari ham o`rin egalladi. 
Jahondagi eng kuchli tirbandliklar qayd etiladigan yigirmata shaharning beshtasi esa AQShda joylashgan. INRIX va Texas A&M Transportation Institute tadqiqot markazlari ma`lumotlariga ko`ra, 2014 yilda amerikaliklar o`rtacha 42 soat vaqtini tiqilinchlar ichida o`tkazgan. Bu esa bir ish haftasidan ko`proq muddat tirbandliklar orasida o`tganini anglatadi.

Boshqa tadqiqotlar natijalaridan Waze taqdim etgan ma`lumotlar mazkur xizmat o`zida ko`proq foydalanuvchilar bazasiga ega ekani bilan ajralib turadi. Haydovchilar va yo`lovchilar mobil ilova orqali yo`llardagi holatlar, avariyalar, ta`mirlash ishlari va mavjud polisiyachilar to`g`risida axborotlar qoldirishadi.

    Boshqa yangiliklar