AsosiyShou-biznes

Ulug`bek Rahmatullaev muxlislarini qalbaki chiptalardan ogohlantirdi

O`zbek estradasi vakillaridan biri Ulug`bek Rahmatullaev o`zining “Instagram” ijtimoiy tarmog`idagi sahifasida muxlislarini 2015 yil 5-8 noyabr kunlari bo`lib o`tadigan konsert dasturi uchun soxta chipta va taklifnomalar sotuvga chiqqanidan ogohlantirdi.

“Qadrli muxlislar, qalbaki bilet va taklifnomalardan ehtiyot bo`ling. Qalbaki taklifnomalarni sotishayotgan ekan, aldanib qolmanglar”, - deb yozdi xonanda. Uning aytishicha, haqiqiy chipta va taklifnomalarda maxsus “galagramma” bo`lib, u orqali soxtalaridan ajratib olsa bo`ladi.

“Aldanganlar orasida ota-onangiz yoki opa-singlingiz bo`lishi mumkin”, - deya estrada vakili o`z sahifasida qalbaki chiptaning rasmini e`lon qildi.

    Boshqa yangiliklar