O`zbekistondagi yagoni besh yulduzli mehmonxona – International Hotel Tashkent jahon standartlari bo`yicha qayta modernizasiya qilinib, xalqaro Hilton mehmonxonalari tarmog`i nazorati ostigao`tadi.
Ayni paytda loyihaning texnik va iqtisodiy asoslanish va baholanish ishlari olib borilmoqda. Hilton tarmog`i mehmonxonani o`z boshqaruviga olishni rejalashtirmoqda. Mehmonxona operatori bilan joriy kelishuv o`tgan yilda imzolangan edi.
“International Hotel Tashkent ancha oldin qurilgan edi, endi u Hilton tarmog`i talablariga javob berishi kerak. Uning modernizasiyasiga yirik investisiyalar yo`naltiriladi”, - dedi “O`zbekturizm” vakili Sputnik agentligi bilan suhbatda





