AsosiySport

Xavi Ernandes: “Barselona”ning tirik afsonasi va tanho “yulduz”i

ShU YILNING YoZIDA XALQARO FUTBOLDAGI  ENG ShOV-ShUVLI VOQEA ISPANIYa TERMA JAMOASI VA “BARSELONA” KLUBI SARDORI XAVI ERNANDESNING QATARNING “AL-SADD” JAMOASI SAFIGA BORIB QO`ShILGANI BO`LDI. ChUNKI UZOQ YILLAR DAVOMIDA XAVI KATALONIYa KLUBIGA BEMINNAT XIZMAT QILIB KELDI. OLDINIGA YuZAGA KELGAN ShOHONA TAKLIFLAR HAM XAVINI O`ZGARTIRMAGAN VA “BARSELONA”GA SODIQ EKANLININI ISBOTLAB KELGANDI. NIMA BO`LDI-Yu, XAVI ISPANIYaNI TARK ETIB, OSIYoGA YO`L OLDI. XO`Sh, UNING BU YO`LNI TANLAGANIGA NIMA SABAB BO`LDI? KELING, YaXShISI BIZ HAM “BARSELONA”NING TIRIK AFSONASIGA OID AYRIM HAQIQATLARGA  TO`XTALAMIZ...

         TO`P TEPISh UChUN DUNYoGA KELGAN

          Xavi tug`ilganida  3,4 kg     tosh bosgan, bo`yi 49 sm bo`lgan. Xavi Ernandesning ota-onasi Xoakim Ernandes va Mariya Meresalar oilada to`rt nafar farzandni tarbiyalagan. Ular orasida qahramonimiz eng kichigi edi. Uning Aleks va Oskar ismli akalari hamda Ariandna ismli singlisi bor edi. Aytishlaricha, bolakay 9 oyligidayoq yurib ketgan. Uch yoshida esa ilk marotaba to`pni qo`liga olgan.

         “Futbolni tanlashimni  oilamdagilar ko`proq istashgan. Shu boisdan bo`lsa kerak, 6 yoshimda onamning o`zi buvamga qarashli “San Xosep” futbol klubi mashg`ulotlarida ishtirok etishimga ruhsat olib bergan. Aynan shu futbol klubi mening hayotimni butunlay o`zgartirib yuborgan. Negaki, millionlar o`yiniga bo`lgan qiziqish aynan shu maskandan yanada kurtak ota boshlagan. Keyinchalik anglab etdimki, hayotimni futbolga bag`ishlaganim yaxshiroq. Onam ham meni to`p tepish uchun dunyoga kelganimni aytgan”, - deya  bolaligini xotirlaydi Xavi Ernandes.

         9 yoshida Xavini “Terrasa” futbol maktabiga qabul qilishadi. Maydonda boshqa tengqurlaridan ajralib turardi. Chunki uning bo`yi juda past bo`lishiga qaramay, to`pni yaxshi nazorat qilishi, sheriklariga aniq to`p oshirishi bilan murabbiylarning nazariga tushib qoladi. 10 yoshida esa o`zining dastlabki musobaqasi – bolalar o`rtasidagi shahar kubogida g`olib chiqadi. Hattoki, turning eng yaxshi futbolchisi nomini olib, 25 evroga teng pul mukofotiga sazovor bo`ladi. E`tiborlisi, qahramonimiz dastlabki gonorariga onasiga toster sotib oladi.

         “Millionlar o`yini orqali oilamning yaxshi sharoitda yashashini ta`minlay olishimga ishonardim”, - deydi Ernandes.

               “BARSELONA”DA TANILIB, QATARGA YO`L OLGAN MAESTRO

                 Futbolchining oltin yillari “Barselona”da o`tdi. Kataloniyaliklar bilan ko`plab unvonlarga ega chiqdi. Klub miqyosidagi barcha musobaqalarda zafar quchdi. Shuningdek, Ispaniya milliy terma jamoasida ham ko`plab yutuqlarni qo`lga kiritdi. Jahon chempioni, Evropa Kubogining ikki karra sohibi bo`lgan Xavi futbolchi sifatida yuksak marralarni zabt eta oldi.

         2015 yilning yozida Xavining “Barselona” bilan shartnomasi muddati o`z nihoyasiga etdi. Shundan so`ng klub tomonidan yangi taklif tushganiga qaramay, Xavi ketmoqchi ekanligini oshkor qildi. Bu orada unga AQSh, Xitoy, Hindiston, Qatar singari mamlakatlarda takliflar kelib tushgandi. Uzoq vaqt o`ylab ko`rgan Xavi Qatar variantiga to`xtatdi. U “Al Sadd” bilan shartnoma tuzdi. Albatta, kelishuvning moliyaviy tomonlari futbolchini to`laqonli qoniqtirdi. Natijada, u Qatar Yulduzlar ligasiga yo`l oldi.

         “Qachondir faoliyatimni “Barselona”da tugatishim mumkin edi. Men o`z joyimni boshqalarga bo`shatib berishni lozim topib, tark etdim. Qatar men uchun qiziqarli taklif bo`lib  ko`rindi. Albatta, Evropani tark etib, boshqa qit`aga yo`l olganimni ko`pchilik pul bilan bog`lashi mumkin. To`g`ri, yana bir necha yillardan keyin, faoliyatimni tugatishim mumkin. Chunki futbolchilik  bir umrlik kasb   emas. Ayni damda kelajagimni ta`minlashim ham kerak degan fikrga kelib bo`ldim. Buni klubdagilarga tushuntirdim. Men “Barselona”ni faqat yaxshi xotiralar bilan tark etdim. Ajoyib yillar, unvonlar uchun rahmat aytmoqchiman”, - deydi Xavi.

         Hozirda qahramonimiz Qatar Yulduzlar ligasining eng katta maosh oladigan futbolchilaridan biri hisoblanadi.

                   HAMON UYLANMAGAN, AMMO BAXTLI

         Xavi Ernandes hamon uylanganicha yo`q. 35 yoshni qarshi olganiga qaramay, u bo`ydoqlik bilan xayrlashishni hayoliga ham keltirmayapti. Sababni  oshkor qilishni istamaydi. Shunga qaramay, uning  o`z “ikkinchi yarmi” bor. E`tiborlisi, Xavi boshqa futbolchilarning rafiqalari yoki ma`shuqalariga  o`xshab taniqli aktrisa yoki model emas, kataloniyalik oddiy qiz bilan baxtli yashab kelmoqda. Uning ismi Elza Egea. Ularning munosabatlari  uzoq yillarga borib taqaladi. Elza talabalik yilaridayoq  Xavi bilan taqdir  rishtalarini bog`lagan. Biroq ular rasman nikohda o`tishmagan.

         “Ayni paytda men Elza bilan juda baxtliman. U mening yonimda bo`lsa, bo`lgani. Yirik musobaqalarda Elza ham stadionga kelib, meni qo`llab-quvvatlaydi. Tabiiyki, bu mening kuchimga qo`shimcha kuch beradi”, - deydi Xavi.

                            UYQUChI, ShOKOLADXO`R, TADBIRKOR INSON

         Xavining har bir sohada faoliyat yuritishni yoqtiradigan insonlardan biri sifatida ko`rsatish mumkin. Uning kataloniyada xususiy firmasi bor. Ya`ni, qurilish mahsudotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Shuningdek, shahsiy mablag`iga “Campus Xavi” deb nomlangan futbol maktabini ham tashkil etgan. Bu erda 200dan ortiq bolakaylar futbol sir-asrorlarini o`rgatishadi.

         Xavinin eng yomon odatlaridan biri – ko`p uxlashidir. Bo`sh vaqtini topildi deguncha, uxlashni afzal biladi.

         2009 yilda Xavi 20 ming nusxada “Mening hayotim – “Barsa” kitobini nashrdan chiqargandi.

         Shokoladni yoqtiradi hamda doimiy ravishda safar oldida o`zi bilan shu shirinlikni olib yuradi. Qolaversa, shokolad fabrikasi bilan kelishuviga ko`ra, reklama qiladi hamda yaxshigina daromad topadi.

         “Doimo insonlarni hurmat qilishga odatlanganman. O`zim turli sohalarga qiziqaman. Chunki hayotim rang-barang bo`lishini istayman”, - deydi Xavi.

                  Xavining “Barselona”dan ketishi haqida hamkasblari ham turlicha fikr bildirishdi

                   Lionel Messi, “Barselona” etakchisi: “Xavi bilan biz ajoyib yillarni o`tkazdik. U men uchun buyuk ijrochi sifatida qolaveradi. Asosiysi, Xavi bilan ko`plab unvonlarga ega chiqdik. “Barselona”dan ketgani yaxshi bo`lmadi. Shunga qaramay, u jamoamizning tirik afsonasi bo`lib qolaveradi”.

         Andreas Inesta, “Barselona” futbolchisi: “Uning Qatarga yo`l olgani meni karaxt holga soldi. Xavini “Barselona”ni tark etishini hech qachon tasavvur qilmaganman. “Real” taklif bilan chiqsa ham, hech qachon uning jamoani tashlab ketishini kutmagandim. Baribir uning qarorini hurmat qilamiz. Buyuk ijrochi bilan to`p surganimdan fahrlanaman”.

         Iker Kasilyas, “Portu” darvozaboni: “Biz u bilan yaqin do`stmiz. Shuni ayta olamanki, Xavi nega Qatarga yo`l oldi. Buni o`zi biladi. Qolaversa, uning  qaroriga biz qarshi bora olmaymiz. Ishonamanki, u qaysi mamlakatda futbol o`ynashidan qat`iy nazar, jahonning eng zo`r yarim himoyachisi ekanligini unutishmaydi”.

    Boshqa yangiliklar