AsosiyJamiyat

O`zbekiston bo`ylab sayohat: «Safar qilgil, ammo Vatan ichra bo`l!”

Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva – bugungi kunda mamlakatimizda eng mashhur, keng tarqalgan va tashkillashtirilgan turistik yo`nalishlardir. Ha, ular darhaqiqat yurtimizning tarixini aks ettiruvchi obidalar, ammo ular zamonaviy sayyohga unutilmas taasurotlarni taqdim etadigan hammasi emas. Bugun ana shunday noodatiy yo`nalishlar to`g`risida ma`lumotlarni e`tiboringizga havola etishga qaror qildik.

Qaerga otlanay?

Bu savolda internet orqali javob berish juda oson, aniqroq aytganda O`zbekiston bo`yicha sayohatga otlanish maqsadi va joyi to`g`risida ma`lumot olishga bizning internet-manbamiz yordam beradi. ZiyoNET tarmog`ida ishga tushgan “O`zbekistonning 7 mo``jizasi” qiziqarli loyihasi haqida eshitgansiz. Uning maqsadi mamlakatimiz hududida joylashgan noyob tarixiy, madaniy va tabiiy ob`ektlarni tiklashga va saqlab qolishga e`tiborni jalb qilish sanaladi. Darvoqe, “O`zbekistonning 7 mo``jizasi” ro`yhati shakllantirilgan ovoz berish jarayoni noyabrda boshlanadi.

Aksiya qanday o`tayotganligi va u O`zbekiston bo`ylab sayohat joyi va maqsadini tanlashga qay darajada ta`sir qilishi mumkinligi haqida biz ZiyoNET resurs markazi PR-menejeri Zumrad ShOJALILOVA javob beradi.

- Aksiyani o`tkazish jarayonida respublikamizning ko`plab ajabtovur maskanlariga tashrif buyurgansiz. Ulardan qaysilari sizga manzur bo`ldi? 

-  «O`zbekistonning etti mo`jizasi»  loyihasi biz uchun juda qiziqarli tarzda o`tdi. Mana shu loyiha doirasida biz o`zimiz uchun bir necha  diqqatga sazovor joylarni kashf etdik.  

Masalan, Uchquduq-Nukus avtomagistrali yaqinidagi Jarquduq tabiiy chegarasidagi toshli o`rmon.  Bu erdagi dinozavrlarning tosh qotgan qoldiqlari  butun dunyoda katta qiziqish uyg`otmoqda. Chorvoq suv ombori yaqinidagi Obirahmat g`ori. Uncha chuqur bo`lmagan bu g`or O`zbekistondagi qadimiy insonlar manzilgohidir.  Bu erdan bundan 50 ming yil oldin yashagan insonlar qoldiqlari topilgan. Arxeologlar tomonidan eramizdan oldingi 1-asrning so`ngi va eramizning 1-asri boshlarida barpo etilganligi ta`kidlanayotgan Qoraqalpog`istondagi Chilpik qal`asi ham  bizda katta taassurot qoldirdi.  Eramizdan oldingi 4 asrda Xorazm hududida barpo etilgan astronomik inshoot - Qo`yqirilgan qal`a haqida ham shunday so`zlarni aytish mumkin.   Bu inshoot bizning ajdodlarimiz qadimdan ilm-fan bilan mashg`ul bo`lishganining yorqin dalilidir. 

- Bu aksiya yurtimizda turizm rivojalanishiga nechog`lik ta`sir ko`rsatadi?

 -Birinchi navbatda, biz mazkur aksiya orqali yurtimizdagi diqqatga sazovor joylarga keng jamoatchilik e`tiborini jalb etmoqdamiz.   Shuningdek, bu aksiya mamlakatimizning turistik salohiyatini to`laligicha ochib beradi.    Shaxsan o`zim aksiya doirasida Jizzax, Kitob va Shahrisabzdagi diqqatga sazovor joylarni yaqindan o`rganish imkoniga ega bo`ldim.   ZiyoNET portalidagi “O`zbekistonning madaniy merosi” bo`limi internet foydalanuvchilarga manzur bo`lishi shubhasiz, sababi bu erda tarixiy obidalarimiz, yurtimizning so`lim tabiati yorqin rangli fotosuratlar bilan ko`rsatib berilgan. Shuningdek, ular haqidagi ayrim afsonalar ham O`zbeksitonga qiziqishni oshiradi, degan umilddamiz.  Bu bo`limda interaktiv xarita ham joylashtirilgan.

 Zumrad Shojalilova bilan suhbatimizga yakun yasar ekanmiz, qo`shimcha qilib quyidagi larni aytishimiz mumkin: “O`zbekistonning etti mo``jizasi” loyihasida siz ham virtual ishtirok etishingiz mumkin.  Har bir inson o`zi yashayotgan hududidagi diqqatga sazovor so`lim joylar haqida ma`lumot berar ekan, bu orqali boshqalarda o`sha huduga bo`lgan qiziqishni yanada oshiradi.   

Piyoda, otda, jip yoki avtobusda?

Biz yurtimiz bo`ylab sayohatga otlandik, deylik. Boradigan manzil aniq, ammo u erga qanday borgan ma`qul?  Masalan, tarixiy yodgorliklarni ba`zilar gid yordamidan foydalangan holda bamaylixotir sayohat qilishni istaydi,   kimdir tabiat qo`ynida so`lim maskanlarda hordiq chiqarishni ixtiyor etadi. Turizmning turlari haqida “O`zbekturizm” Milliy kompaniyasi qoshidagi ilmiy-konsalting o`quv markazi konsultanti, oliy toifali gid DILBAR ABDUNABIEVAdan so`radik.    

- Dilbar Abdullaevna, mamlakatimizdagi qaysi turistik yo`nalishlar sayyohlarga manzur bo`lmoqda va nima uchun? 

- Yurtimizda turizm odatda YuNESKOning butunjahon madaniy merosi ro`yxatiga kiritilgan Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlarimiz bilan chambarchas bog`liq.  Bundan tashqari Toshkent, Qo`qon Andijon, Shaxrisabz va boshqa  shaharlarimz ham har yili minglab sayyohlar  e`tiborini tortmoqda.   Milliy taomlarimizdan Toshkentning to`y oshi sayyohlarga manzur bo`lmoqda.  Shahrixonda avloddan avlodga o`tib kelayotgan milliy hunarmandchilik namunasi - milliy pichoqlarimiz  ham katta qiziqishga sabab bo`lmoqda. Shuningdek, Shahrisabz qadimiy kashtachilik maktabi namunalari, xususan iroqi va basma usulida tikilgan kashtalarga ham talab katta. Bu ro`yxatga yana Qo`qondagi Xudoyorxon saroyi, Marg`ilon atlasi,Farg`ona yog`och o`ymakorligi, Surxondaryo tandir kabobi, Andijonning kulolchilik namunalari, Rishtonning  gildan ishlangan idishlari va laganlarini ham qo`shish mumkin.

 Yurtimizning rang-barang tabiati - Chimyon va Beldirsoyning kengliklaridan tortib, Qoraqum sahrosigacha O`rta Osiyoga ilk marotaba  tashrif buyurgan sayyohlarni hayratga solmoqda.  Respublikamizning katta hududini egallagan Qizilqum va Koraqum sahrolarida etishtiriladigan xushbo`y qovunlar hech kimni befarq qoldirmaydi. Ustyurt kengliklarining noodatiy manzarasi sayyohlarga  olis sayyoralarning betakror tasvirini eslatadi. O`zbekiston tog`lari Himolay yoki Alp tog`laridek baland emas. Eng baland Hazrat Sulton cho`qqisi dengiz sathidan 4643 metr baland.  Ammo bu erda ham Hisor, Tyan-Shan kabi tog` tizmalariga ajoyib sayohatlar uyushtirish mumkin.

- Bizda turizmning qanday turlari bor?

-Bugungi kunda yurtimizda eng nozik didli sayyohlarga ham manzur bo`luvchi turizm turlari mavjud.  Ularning har biriga batafsil to`xtalib o`tamiz.

Tarixiy va madaniy turizm.

Samarqand, Buxoro va Xivadagi qadimiy, tarixiy obidalar, me`moriy yodgorliklar,madrasalarning moviy gumbazlari, minoralar o`zining sharqona ko`rinishi bilan sayyohlarni o`ziga jalb etmoqda.   Ular Hindiston, Xitoy va Misrning tarixiy yodgorliklaridan aslo qolishmaydi. Yurtimizga tashrif buyurgan har bir sayyoh sayohatdan bir olam taassurot, O`zbekiston marvaridlari bo`lgan diqqatga sazovor maskanlari fotosuratlari bilan ortga qaytiishadi.    

Etnik turizm.

Qishda issiqlikni, yozda salqin ob-havoni ta`minlab beradigan qadimiy o`tovlar ham sayyohlarda katta qiziqish uyg`otmoqda.   Aksariyat sayyohlar mana shunday o`tovlarda yulduzlarni tomosha qilib dam olish istagini bildirishadi.  Albatta, tashrif buyuruvchilarga bu borada barcha imkoniyatlar yaratib beriladi.  Qariyb 500-1000 yillik tarixga ega o`tovlar o`zining betakor dizayni va ko`rinishi bilan ko`pchilik sayyohlar e`tiborini jalb etmoqda.   

Etnik turizm o`zbek xalqining ijtimoiy hayotiga yanada yaqinroq bo`lish, hunarmandlar ish jarayonini mukammal o`rganish, milliy taomilar tayyorlashda igshtirok etish imkonini beradi.    

Faol turizm.  Turizmning bu turi sarguzashtli sayohatlarni ixtiyor etuvchilar uchun mo`ljallangan. Toshkent shahridan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Chimyon tog`lari va Chorvoq suv ombori, Nurota tog`lari, Qizilqum sahrosi, Orol dengizi kabi manzillar bo`ylab sayohatlar shular jumlasidandir.  Ya`ni turizmning bu turi o`zida to`la erkinlikni mujassamlashtirgan. Sayyohlar hoxish-ristagiga ko`ra ov qilishlari, baliq ovlashlari, tog` bo`ylab sayr qilishlari, qish paytida tog`-chang`isi bilan shug`ullanishlari mumkin. 

Ekologik turizm.  Yurtimiz bo`ylab o`tkaziladigan sayohatlarning ko`pchiligi o`zida O`zbekistonning qizil kitobiga kiritilgan jonivorlar, qushlar yashaydigan milliy bog`lar va qo`riqxonalar yaqinida o`tadi. Sayyohlar bu erda ko`plab hayvonlar hamda qushldarni ko`rishlari mukin bo`ladi. Masalan, ayiqlar, leopardlar, jayron, tog` echkisi, burgut, qirg`ovul kabilar shular jumlasidan.     Sayyohlar bu erda jonivorlarning tabiiy yashash sharoitlari bilan tanishishlari mumkin.

Tibbiy  turizm. Dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashagn Zomin qo`riqxonasi hududidagi kurortda yoki  Surxondaryodagi Xo`jaikon sanatoriysida  dam olish turizmning mana shu turiga kiradi.

Yurtimizda o`zida turli minerallarni mujassamlashtirgan  shifobaxsh madanli suvli sanatoriylar mavjud.  Sayyohlar ulardan nafaqat ichib, balki madanli suvli vanna va dush qabul qilish  orqali ham davolanishlari muikn.  Shuningdek, yurtimizda shifobaxsh balchiq bilan davolash ham keng yo`lga qo`yilgan.  

MICE-sanoati (ingliz tilidan tarjima qilinganda - meeting - «uchrashuv», incentive - «insentiv-turlar», conference - «konferensiya», events - «korporativ hordiq») yurtimizda keng rivojlanmoqda. Uning xizmatidan ko`plab yirik kompaniyalar va tashkilotlar korporativ tadbirlar o`tkazishda foydalanishadi.    

Mixail VIShNYaKOV tayyorladi

Sevara Nishonova tarjimasi

 

    Boshqa yangiliklar