AsosiyJamiyat

Milliy armiyamiz kuchlilar safida

O`zbekiston qurolli kuchlari Globalfirepower.som sayti tomonidan chop etilgan reytingda dunyoning eng kuchlilari ro`yhatidan joy egalladi.

126 mamlakati ichida O`zbekiston armiyasi 54- o`rinni egalladi. MDH va Boltiqbo`yi davlatlari ichida qurolli kuchlarimiz Rossiya (2-o`rin), Ukraina (25-o`rin) va Belarus (45-o`rin) davlatlaridan keyin 4-o`rinni egalladi.

Reytingda Ozarbayjon 63, Qozog`iston 66, Armaniston 74, Gruziya 75, Qirg`iziston 78, Tojikiston 81, Latviya 87, Turkmaniston 90, Litva 92 va Estoniya 108-o`rinni egallagan.

Eslatib o`tamiz: BMTga a`zo bo`lgan 193 mamlakatdan 67 tasi bu reytingga kiritilmagan.

    Boshqa yangiliklar