AsosiyJamiyat

Elektr energetikasi ob`ektlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015-2016 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori ijrosini ta`minlash hamda yaqinlashib kelayotgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish maqsadida, “O`zbekenergo” AJ tomonidan buyruq ishlab chiqilib aniq chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Jumladan, elektr stansiyalar va tarmoqlarni kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi ishchi nazorat komissiyalari tashkil etildi, energetika uskunalarini ta`mirlash va rezerv yoqilg`i to`plash, shuningdek, energetika uskunalarining tehnik holatini ko`rib chiqish, profilaktik sinovlardan o`tkazish jadvallari tasdiqlandi. Bu haqda "O`zbekenergo" aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar beradi.

Elektr stansiyalar va elektr tarmoqlardagi asosiy tehnologik uskunalarni ta`mirdan chiqarish energetika tizimining barqaror ishlashidagi asosiy shart hisoblanadi.

2015 yilga belgilangan ta`mirlash jadvaliga ko`ra aksiyadorlik jamiyati tomonidan 15ta energoblok, 20 ta qozon agregat, 6 ta turbogenerator, 19 ta gidroagregat va bug`-gaz qurilmasini ta`mirlash ishlarini amalga oshirish ko`zda tutilgan.

Ushbu joriy ta`mirlash jadvaliga muvofiq elektr stansiyalarda 7ta energoblok, 15ta qozon agregati, 3ta turbogenerator, 6ta gidroagregat hamda bug`-gaz qurilmasida ta`mirlash ishlari tugatildi. Shuningdek, 4 ta energoblok, 3ta qozon agregati, 2 ta turbogeneratori va 6 ta gidroagregatlarda ta`mirlash ishlari davom etmoqda.

Bugungi kunda elektr tarmoqlarida 13,0 ming km dan ortiq 0,4 - 110 kV elektr uzatish liniyalari, 35-110 kV kuchlanishli 65 ta nimstansiyalari hamda 4327 ta transformator punktlari mukammal ta`mirlandi.

Respublikaning maishiy iste`molchilarini elektr energiya ta`minotini yachshilash maqsadida 350 ta o`ta yuqori yuklanish bilan ishlagan transformatorlarni katta quvvatlisiga, umumiy hisobda 35,4 kV·A ga almashtirilib, 250,0 km dan ortiq uzunlikda 0,4-6-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari rekonstruksiya qilindi hamda 130,0 km dan ortiq 0,4-6-10 kVli elektr uzatish tarmoqlari qurildi.

Hozirgi kunda 2015-2016 yillarning kuz-qish mavsumida elektr stansiyalar va tarmoqlar uzluksiz ishlashga tayyorgarlik ko`rish choralari va elektr energiyasini ishlab chiqarish bo`yicha belgilangan topshiriqlarni bajarish hamda elektr energiyani kuz-qish mavsumida uzluksiz iste`molchilarga etkazib berish maqsadida “O`zbekenergo” AJ tomonidan bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Elektr energetikasi ob`ektlarini kuz-qish mavsumida ishlashga tayyorlashga oid ishlar davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar