Mamlakatimizda yo`l harakati xavfsizligi tizimini mustahkamlash, yo`lovchi va haydovchilarning xapvfsizligini ta`minlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilyapti. Biroq, yo`l-transport hodisalari dunyoning barcha nuqtalari nuqtalarida har kuni uchrab turibdi. Bu hodisalar insonlarpning turli darajada tan jarohati olishiga, hatto, o`limiga ham sabab bo`layotgani achinarldidir.
Bunday hodisalarning oldini olish uchun yo`l-harakati qoidalariga izchil rioya etish, haydovchilarning bilim va malakalarini oshirish talab etiladi. Buning uchun haydovchilarni tayyorlovchi markazlar, tashkilotlardan zamonaviy imkoniyatlar, axborot texnologiyalar, ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish katta ahamiyatga ega.
Yaqinda Toshkentda ochilgan Avtotest innovasion avtomaktabi ham ana shu maqsadga xizmat qiladi. Avtotest kompaniyasi rahbari Komilxo`ja Mahamadxo`jaevning “Darakchi”ga bilidirishcha, ushbu yangi avtomaktab bir qator o`ziga xos imkoniyatlar va qulayliklarga ega.
O`tgan haftada poytaxtimizda mazkur innovasion avtomaktabning tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Marosimda soha mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Mazkur avtomaktab o`z oldiga qolgan ezgu maqsadlarni to`la-to`kis ado etishiga umid qilamiz.





