AsosiyJamiyat

Chevrolet Malibu "Yil avtomobili" bo`lishi mumkin

“Dunyoning yil avtomobili” tanlovi hay`ati Chevrolet Malibu avtomashinasini g`alabaga nomzodlar ro`yxatiga kiritdi.

Mazkur tanlov har yili Germaniyaning Frankfurt shahridagi avtosalonda o`tkaziladi. “Yil avtomobili” nomzodlari ro`yxatiga 21 avtomobil kiritilgan. Ular orasida Audi A4, BMW X1, Ford Edge, Honda HR-V, Jaguar XE, Land Rover Discovery Sport, Mazda CX-3 kabi avtomobil rusumlari bor.

Mazkur tanlovning o`tgan yilgi g`olibi sifatida Mercedes-Benz C-Class tan olingan edi.

“Jahonning yil avtomobili” tanlovi birinchi marta 2005 yilda o`tkazilgan. O`shanda yil avtomobili deb Audi A6 e`lon qilingan edi.

 

 

    Boshqa yangiliklar