AsosiyJamiyat

Yagona Portalda yangi ijtimoiy xizmat

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan hamkorlikda O`zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan, parvarishga muhtoj yolg`iz keksa va nogironlarga xonadonlarida ijtimoiy xizmatlardan foydalanish uchun elektron ariza yuborish xizmati ishga tushirildi. Bu haqda «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazi xabar bermoqda.

Ushbu ijtimoiy xizmat O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) Markazlari tomonidan ko`rsatiladi.

Xizmat bepul bo`lib, jismoniy shaxslarga ko`rsatiladi.

    Boshqa yangiliklar