AsosiyJamiyat

Mino vodiysidan tezkor axborot

Bugun (24.09.2015) Saudiya Arabistonida o`zbekistonlik hojilarga xizmat ko`rsatuvchi ishchi guruhimizdan olingan tezkor xabarlarga ko`ra, bugun hojilar Mino vodiysida joylashgan Jamarot - Shaytonga tosh otadigan joyga olib boruvchi va undan qaytiladigan yo`lda, hojilarning tirbandligi oqibatda odamlar bir birlarini behos siqib tashash holati vujudga keldi. Bu haqda Din ishlari bo`yicha Qo`mita axborot xizmati xabar beradi.

Saudiya Arabistoni fuqaro muhofazasi xabarlariga ko`ra, 450 ziyod hojilar hayotdan ko`z yumdilar, shuningdek, 450 dan ziyodi esa jarohatlandi. Vujudga kelgan holat yuz bergan paytda o`zbekistonlik hojilar Muzdalifa vodiysidan Minoga qaytayotgan edilar. O`zbekistonlik hojilar hech qanday talofat ko`rmadilar, barchalari sog`u salomat, ibodatlarini davom etmoqdalar.

 

    Boshqa yangiliklar