AsosiyShou-biznes

Uchta davlatda suratga olinganmi yoki?..

Gazetamizning o`tgan sonlaridan birida xonanda DJ Piligrim Barselona, Germaniya va Kiprda klip suratga olayotgani haqida xabar bergan edik.

9 sentyabr kuni poytaxtimizning Royal Cinema kino teartida “Kechayu-kunduz” nomli klipning premerasi bo`lib o`tdi. Premeraga xonandaning muxlislari, OAV xodimlari va bir qator ijodkor do`stlari jumladan Lola, Asal Shodieva, Shohruhxonlar ham qatnashishdi. Klip premeraga yig`ilganlarga manzur bo`ldi. Klip Kiprning Limosol shahrida surtaga olingan ekan.

Xonandaning ma`muri Jasur Haydarovdan “klip 3 ta shaharda suratga olingan degandingiz. Nega premerada faqat Kiprda suratga olindi deyildi?”, - deb so`radik. U esa “bir yo`la to`rtta klip suratga olganmiz, ularning har biri yuqorida tilga olingan shaharlarda tasvirga olingan. Qolgan kliplar premerasi qishda bo`lib o`tadi”, deb javob berdi.

Tez kunlarda telekanallarimizda mazkur klipni tomosha qilishingiz va baho berishingiz mumkin.

    Boshqa yangiliklar