2015 yilning 18 centyabr kuni taxminan soat 18 dan 46 daqiqa o`tganda Toshkent shahar IIBB Yong`in xavfsizligi boshqarmasi Markaziy dispetcherlik xizmatiga shaharning Amir Temur shoh ko`chasida joylashgan 12-qavatli Biznes markazi binosining tashqi tomonida yong`in sodir bo`lganligi haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar beradi.
Voqea joyiga poytaxtning yong`in o`chirish qismi xodimlari tezda etib borishgan. Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida soat 19 dan 33 daqiqa o`tganda yong`in qurshab olingan va tezkorlik bilan bartaraf etilgan.
Yong`in sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish natijasida yong`in binoning isitish tizimida olib borilgan payvandlash ishlari paytida yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qilmaganligi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlandi. Qurbonlar va jarohat olganlar yo`q.





