AsosiyShou-biznes

“Rahmatullaev va Rahimxonni Nazarbekov yarashtirdi”

Ijtimoiy tarmoqlar bugun nafaqat muloqot o`rnatish markazi balki reklama uchun eng qulay maskanga aylangan. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Abdurashid Yo`ldoshev, “Nihol” mukofoti sovrindori Ulug`bek Rahmatullaev, xonandalar Munisa Rizaeva, Botir Qodirovlarning konsert  dasturlari haqidagi reklama bannerlari hali shahar ko`chalariga ilinmay turib, internetda ovoza bo`lishga ulgurdi.

O`tgan hafta Ulug`bek Rahmatullaevning konsert dasturi afishasini 50 dan ortiq san`atkorlar o`z shaxsiy sahifalariga joylab, xonandaga omad tilashdi. Bular orasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon ham bor. Shu vaqtgacha Rahimxonning Rahmatullaevning konsert afishasini instagramga joylab, unga omad tilashi u yoqda tursin hatto birga suratga tushganini ko`rmaganmiz. Bu holat Rahmatullaevda ham kuzatilmagan. Sardor va Ulug`bek o`rtasida munosabati chinday ham iliqlashgan ko`rinadi. Internetdagi uzunquloq gaplarga qaraganda Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Sardor Rahimxon avgust oyi oxirlarida Moskvaga safar qilishgan. Ikki sobiq do`stning munosabatlari tiklanishiga esa Nazarbekov sababchi bo`lgan. Bu safardan keyin esa Rahimxon do`stiga omad tilab, uning konsert  afishasini shaxsiy sahifasiga joyladi. Xullas, bu taxminda jon borga o`xshaydi. 

    Boshqa yangiliklar