AsosiyJamiyat

Ucell O`zbekiston bozoridan ketadimi?

TeliaSonera shved-fin telekommunikasiya guruhining bugungi bayonoti munosabati bilan, Ucell kompaniyasi jamoatchilikka shuni ma`lum qiladiki, u doimgiday ishlashda hamda rivojlanish bo`yicha o`z rejalarini va lokal strategiyasini joriy qilishda davom etadi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati bayonot beradi.

TeliaSonera oilasi tarkibida olib borilgan 7 yillik faoliyat mobaynida Ucell kompaniyasi qimmatbaho xalqaro tajribani o`zlashtirib oldi va mamlakatning telekommunikasion infratuzilmasiga salmoqli mablag` kiritdi. Ucell O`zbekiston aholisiga sifatli uyali aloqa xizmatlarini keng ko`lamda taklif etish uchun mutlaqo tayyordir.

Ucell kompaniyasi o`z mijozlari va hamkorlarini ishontirib aytadiki, bugungi kunda Kompaniyaning faoliyati hech qanday o`zgarishsiz davom etadi. Ucell mijozlariga, xuddi hozirgidek tartibda, barcha yo`nalishlar bo`yicha uzluksiz servis va xizmatlar ko`rsatiladi. TeliaSonera kompaniyalar guruhi “COSCOM” MChJ XKning aksioneri hisoblanadi va o`zining O`zbekistondagi faoliyatini Ucell savdo belgisi ostida amalga oshiradi. TeliaSonera guruhining Evroosiyo hududiga 7 mamlakat kiradi: Ozarboyjon, Gruziya, Qozog`iston, Moldova, O`zbekiston, Tojikiston va Nepal.

    Boshqa yangiliklar