AsosiyJamiyat

O`zbekiston uzoq umr ko`ruvchi aholi soni bo`yicha dunyoda 6-o`rinda

Ukrainaning «El-Vista» tadqiqot markazi uzoq umr ko`ruvchilar (100 yosh va undan oshganlar) soni bo`yicha mamlakatlar reytingini tuzib chiqdi, bu haqda «O`zbekturizm» Milliy kompaniyasi xabar beradi.

Mazkur reytingga ko`ra, O`zbekistondan oldin reytingda Yaponiya, Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya va Italiya mamlakatlari turadi. O`zbekistonda uzoq umr ko`ruvchi aholi soni 9 ming kishini tashkil etdi. Ularning mamlakat umumiy aholisi soniga nisbati bo`yicha esa O`zbekiston Buyuk Britaniya va Yaponiyadangina ortda qolib, 3-pog`onani band etdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar