AsosiyJamiyat

Kommunal xizmatlari ko`rsatish sohasi muhokama etildi

O`zbekiston Milliy matbuot markazida mamlakatimizda kommunal xizmatlari ko`rsatish sohasidagi natijalar, istiqboldagi vazifalarga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi, deya xabar beradi O`zA.        

Sohada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, amaldagi qonunchilik va me`yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida «O`zkommunxizmat» agentligi tomonidan 2014-2015 yillarda 14 me`yoriy-huquqiy hujjat ishlab chiqildi. Ko`p kvartirali uylarda issiqlik ta`minoti xizmati ko`rsatish, iste`molchilarga suv ta`minoti va suv chiqarish xizmatlarini ko`rsatish qoidalari hamda qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to`plash va olib chiqib ketish xizmatlari ko`rsatish qoidalari tasdiqlandi.

Davlatimiz rahbarining 2015 yil 6 martdagi «2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikasiya va yo`l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizasiya qilish dasturi to`g`risida»gi qaroriga muvofiq agentlik tizimida 31 loyiha amalga oshirilishi ko`zda tutilgan. Xususan, 2016 yilda 6 loyihani bajarish rejalashtirilgan. Ayni paytda 2015 yilgi Investisiya dasturiga asosan viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 8 loyiha amalga oshirilmoqda.

Kommunal xizmatlar ko`rsatish sohasida aholini, ayniqsa, qishloq joylarda istiqomat qilayotganlarni kafolatlangan ichimlik suvi bilan ta`minlashga alohida e`tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ajratilgan mablag`lar 2014 yilda 196,3 milliard so`mni tashkil etdi.

Ichimlik suvi bilan ta`minlovchi korxonalarni rivojlantirish, texnik qayta jihozlash va modernizasiyalashga investisiyalarni, jumladan, xorijiy sarmoyalarni jalb etish maqsadida Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki,  Islom taraqqiyot banki va boshqa xalqaro moliya institutlari mablag`lari ishtirokida shahar va qishloq aholi punktlarini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash hamda oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Tadbirda Prezidentimizning shu yil 7 iyuldagi Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy tarmoqlarini 2015-2016 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta`minlash kompleks chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori ijrosi, oqova suv tizimlarini modernizasiyalash, soha korxonalari uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalari yuzasidan ma`lumot berildi. 

    Boshqa yangiliklar