AsosiyShou-biznes

“O`zbeknavo” estrada birlashmasi yana bir xonandaning lisenziyasi tugatilganligini ma`lum qiladi

“O`zbeknavo” estrada birlashmasi lisenziat Otaboeva Shaxnoza Xasanovna tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlari muntazam buzilganligi sababli, xonanda nomiga berilgan lisenziyaning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015 yil 25 avgustdan tugatilganligini ma`lum qiladi.

O`zbekiston Respublikasi qonunlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari talabini bajarish har bir xonanda va san`atkorning burchidir.

 

    Boshqa yangiliklar