O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to`g`risida»gi Farmoni imzolandi.
Farmon Respublika aholisining daromadlari va turmush darajasini yanada muttasil oshirib borish, fuqarolarga ijtimoiy madadni kuchaytirish maqsadida imzolandi.
Unga ko`ra, 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori o`rta hisobda 1,1 baravar oshirilishi belgilandi.
2015 yilning 1 sentyabridan boshlab O`zbekiston Respublikasi hududida eng kam:
ish haqi – oyiga 130 240 so`m;
yoshga doir pensiyalar – oyiga 254 730 so`m;
bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 254 730 so`m;
zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 156 310 so`m miqdorida belgilansin.
Ish haqi hamda pensiyalarga qo`shilgan ustama va qo`shimcha haqlarning barcha turlari, eng kam ish haqiga nisbatan belgilangan kompensasiya va boshqa to`lovlar 2015 yilning 1 sentyabridan boshlab mazkur Farmonda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.





