AsosiyJamiyat

"Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali o`tkazildi

"Kamolot” YoIH tomonidan joriy yilning 19-21 avgust kunlari Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan "Betakrorimsan, yagonasan, ona Vatanim — O`zbekistonim” shiori ostidagi "Istiqlol farzandlari” yoshlar festivali o`tkazildi.

Festival doirasida o`tkazilgan tadbirlarda davlat mukofotlari, shu jumladan, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, "Nihol” mukofoti, "O`zbekiston belgisi” ko`krak nishoni, xalqaro olimpiadalar, tanlovlar, sport musobaqalari, "Kamolot” YoIHning yirik loyihalarida g`oliblikni qo`lga kiritgan 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etishdi.

Festivalning so`nggi kunida Turkiston san`at saroyining yozgi sahnasida tantanali gala-konsert dasturi bo`lib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar